chog‘la
bilan ulashing
1. Hozirlamoq, tayyorlamoq, shay qilmoq.
-
Soqi Majnun koʻk otni chogʻlab, egarlab olib keldi. Nurali
-
Oʻzimni yoʻlga chogʻlasam, Har kimdan soʻroqlasam, Toparmanmi, bolam, seni? Oysuluv
2. Hisoblamoq, deb oʻylamoq.
-
Xurrambek! E-e, oʻzini qariyb Ibrohimbek bilan teng chogʻlaydi. Sh. Xolmirzayev, Qahramonning soʻnggi kunlari
-
Yoʻl ustida bunday joyda boʻlibsan, Oʻzingni kim chogʻlab, bobo, turibsan? Intizor
3. Taxmin, moʻljal bilan aniqlamoq, moʻljallamoq, taxmin qilmoq.
-
Qoʻyning goʻshtini qancha chogʻladingiz?
-
Akbarning gʻoʻlaburday boʻy-bastiga koʻz qirini tashlab, bir urishda qulatish mumkinligini chogʻladi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Agar yoshimni nazarda tutayotgan boʻlsangiz, meni yigirma besh yashar chogʻlang. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
4. Moʻljalga olmoq, koʻzlamoq.
-
Xotin haram darvozasini chogʻlab borar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Oʻrlayverdi samolyot Olis-olisni chogʻlab. Gazetadan
5. Oʻzini yoki kimsani xursand qilmoq; vaqtini, kayfini yoki dimogʻini chogʻ qilmoq.
-
Podsho dimogʻin chogʻladi. Gulnorpari
CHOG‘LA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОҒЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chog‘la so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar