choychaqa
bilan ulashing
1. Koʻcha-koʻydagi mayda xarajatlar uchun moʻljallangan oz miqdordagi pul; choy puli.
-
Ota choychaqaga muhtoj boʻlib, bozor kunlari Qoʻyliqda hammollik qildi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Uncha-muncha xizmat uchun beriladigan haq, xizmat haqi.
-
Agar Shoqosim ish bilan oʻzini yoqtirsa, xoʻjayin oʻz bilicha choychaqa ham berib turadi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Taqchil molni topib bergani uchun doʻkonchiga beriladigan ustama haq, pul.
-
Oʻgʻli qancha ovora-sargardon boʻlib, magazinchilarga choychaqa berib olib kelgan narsasi quvonch bagʻishlash oʻrniga, ayvonda chang bosib tursa S. Nurov, Narvon
CHOYCHAQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОЙЧАҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
choychaqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar