chog‘
bilan ulashing
Vaqt, davr; payt, kez, kun, on.
-
Tong chogʻi. Terim chogʻi. Shu chogʻ. Ayni chogʻda. Yosh chogʻim — oltin chogʻim. Maqol
-
Yigitlik yillarim yodimga kelur, Zarafshon boʻylarin oʻylagan chogʻim. Gʻ. Gʻulom.qarigan chogʻimda bir zamonlar beomon boy berilgan vaqtimning ham hissasini chiqarsam, yuzim yorugʻ boʻlsa, deb oʻylayman. M. M. Doʻst, Lolazor
Xursand, shod, yaxshi.
-
Qargʻa qagʻ etadi, oʻz vaqtini chogʻ etadi. Maqol
chog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dimogʻi (yoki kayfi, koʻngli) chogʻ
-
Goʻroʻgʻli sultonning dimogʻini chandon chogʻ qilib yota berdi. Malikayi ayyor
-
Qizlar, kayfi chogʻ, gʻugʻulashib, koridorga chiqishdi. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar. Qassobning oʻng qavatida Samad chol, koʻngli chogʻ, kelguvchilardan hol-ahvol soʻrab qoʻyadi. Yoshlik
1. Oʻlchovi, oʻlchami moʻljaldan kichik, kichkina.
-
Qaddi chogʻ. Uning [bolaning]
-
Koʻp oʻtmay, oʻrtadagi chogʻroq stolga dasturxon yozildi. Sharq yulduzi
-
— Marhamat, doʻstlar, — deb dastyor yigit chogʻroq bir barkashda stolga toʻrt six kabob qoʻydi. N. Qilichev, Chigʻiriq
2. Top. Sahni chogʻ hovli.
-
[Yigitning] Etigi ham, qoʻlqopi ham oʻziga chogʻ emas, katta. A. Muxtor, Tugʻilish
3. Kuch-quvvat, qurb; imkoniyat; istak.
-
Chogʻim kelmadi. Togʻay devorga behol suyanarkan, ularni quvib yetishga chogʻi kelmasligini sezdi. Yoshlik
-
Endi qoʻyib bersang, odamni pisand qilmaydigan chogʻi bor. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
chog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
chogʻ boʻlib turmoq
CHOG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chog‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar