libos
bilan ulashing
1. kitobiy Kiyim, ust-bosh.
-
Yangi libos. Bayram libosi.
-
Mana koʻrdingizmi? Otga jabduq, odamga libos, deganlaricha bor-da. Kiyinib, tuppa-tuzuk odam boʻldi-qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Koʻp oʻtmay, kuyov libosini kiydirshi uchun uni [Muqimiyni] ichkariga taklif qildilar. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
-
Yosh shoirlar va jurnalistlar klubi, libos dizayni, tasviriy sanʼat, yogʻoch oʻymakorligi, radioelektronika toʻgaraklari, shaxmat klubi shular jumlasidandir. Gazetadan
2. teatr. Spektakl va rejissyor gʻoyasiga muvofiq, muayyan rol, binobarin, aktyor uchun tanlanib kiydiriladigan kiyim, poyabzal, bosh kiyim, zeb-ziynat va boshqalar; spektaklni bezashning asosiy vositalaridan biri.
-
Libos tanlashda qahramonning xarakteri yoshi oʻz aksini topadi. OʻzME
3. koʻchma poet. Badiiy tasvirda: oʻragan, qoplagan narsaga nisbatan ramziy maʼnoda qoʻllanadi.
-
Tabiat bahor libosini kiydi. Shahar bayram libosiga bezandi.
-
Chap tomonda esa, kuz libosini kiygan Oltinsoy qishlogʻi ravshan koʻrinardi. I. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Navroʻz edi tabiat gulgun, Kiyib olgan yam-yashil libos. Yo, Mirzo
-
Men oyna orqali, oq libos kiygan shahar koʻchalarini tomosha qilib, Sidiq aka haqida oʻylardim. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
LIBOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛИБОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
libos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar