kibor
bilan ulashing
1. eskirgan, kitobiy Jamiyatning oliy tabaqasiga oid kishi; oqsuyak, asilzoda.
-
Kiborlar jamiyati.
-
Ulugʻ hokim darvoza oldida egardan tushib, otni posbonga berdi, shu payt yaltiroq toʻnli bir kibor taʼzim qilib, uni ichkariga boshladi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Yevropa kiborlari rasmicha muomala qilishga majburman. A. Qahhor, Bos tepkini
-
Kiborlar sendeklarni qora xalq deb pisand qilmaydilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Ulugʻvorlik, kiborga xos oʻzini tutish.
-
Takson vaziyatini oʻzgartirmay, soxta kibor va mensimaslik bilan xonaga kirdi-yu kreslolardan biriga oʻtirib, oyogʻini chalishtirdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Qulahmad oʻzini kibor tutar odam yuziga boqmay, ters qarab gapirardi. Mirmuhsin, Choʻri
KIBOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИБОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kibor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar