quv
bilan ulashing
1. Yetib yoki tutib olish uchun orqasidan yugurmoq, quvlamoq.
-
Kiyik quvgan quyonni payqamas. Maqol
-
Ilon quvsa, yoʻlga qoch, tuya quvsa, oʻrga qoch! Maqol
-
Quvgan dushmanimni qoʻlga tushirdim. Malikayi ayyor
-
Olmazorga yetganida, kimdir ortidan quvib yetdi. M. M. Doʻst, Lolazor
2. Biror joy-makondan majburlab ketkazmoq (joʻnatmoq); haydamoq.
-
Momo qoʻliga kaltak olib, bolalarni quvibdi. Ertaklar
-
[Juman:] Bechora bolalarni issiq inlaridan quvib chiqarganlaring ham yetar, taxtada nima gunoh? Yoqma! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shiddatli shturm natijasida dushman mudofaa marralaridan quvib chiqarildi. N. Safarov, Jangchi shoir
3. koʻchma Mansab, lavozim va shu kabilardan chetlatmoq, boʻshatmoq, haydamoq.
-
Biroq sal fursat oʻtmay, hokim toʻra tilmochni ishdan quvdi. S. Ahmad, Hukm
4. koʻchma Yoʻq qilmoq; haydamoq.
-
Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, Ufq
-
Koʻzga ajib ravshanlik baxsh etuvchi yashil koʻkatlar tarovati kechadan beri gʻamnok dilini erkalab, koʻksidagi ranj-u alamni quvgandek boʻlardi. S. Siyoyev, Avaz
5. koʻchma Hayoti, ish-faoliyatida biror yoʻl-yoʻriq, usul va shu kabilarga qattiq amal qilmoq; biror ish-amalni qattiq tutmoq, unga berilmoq.
-
Xaliljon ham akalarining yoʻlini quvdi: maktabda oʻqib turib aviaklubga qatnadi. S. Akbarov, Otaning xayollari
-
— U faqat oxiratni deb yashagan, umr boʻyi savob quvgan, — dedi chol. A. Muqimov, Qopqon
-
Joningda qasding bormi, muncha aroqni quvmasang. Mushtum
6. koʻchma s. t. Yurib-yelmoq (piyoda yoki ulov bilan).
-
Telpagini yelviratib, Oʻzbaklarni dalviratib, Urganch elga quvib yetdik. Yusuf va Ahmad
-
Koʻp yerlarni men axtardim ot quvib, Hech koʻrmadim Asad Shodmon qorasin. Malikayi ayyor
7. Iz quvmoq Izidan taʼqib qilmoq.
-
Qoʻr-boshilar ichidan qochib, mening orqamdan iz quvib kelgansan Gʻayratiy, Unutilmas kunlar
-
Bolta muallim boshliq yetti-sakkiz chogʻli yigit izlaridan quvib kelar N. Norqobilov, Toʻqnashuv
quv soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ketidan (yoki orqasidan) quvmoq
-
Mol-dunyo orqasidan quvmoq. Foyda ketidan quvmoq.
-
Soxta shuhrat ketidan quvib, aldamchilik bilan shugʻullangan shaxslar qilmishlariga yarasha qattiq jazolanishi lozim. Gazetadan
QUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar