qutur
bilan ulashing
1. Quturish kasaliga yoʻliqmoq.
-
Quturgan boʻri. It qutursa, egasini qopadi. Maqol
-
— E, musulmon, nega qopmaydi, deysiz, bu it quturgan-ku, axir, — dedi Toʻqsonov va darrov yonidan qora toʻpponchasini chiqardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. koʻchma Jon-jahdi bilan, oʻzini tutolmagan darajada, yovuzlarcha harakat qilmoq.
-
Belgrad atrofida boʻlayotgan jangda nemislar quturib qarshilik koʻrsatar edi. N. Safarov, Don
-
Dadam quturib, qoʻllariga ilingan narsani uloqtirardilar. E. Raimov, Ajab qishloq
3. koʻchma Bosar-tusarni bilmay qolmoq, haddan oshmoq.
-
Ixlosmand koʻpaysa, eshon quturar. Maqol
-
[Chayqovchi] Quturmay ham nima qilsin. Chayqovchilikda ayblanganlarning ustidan sudlar shu qadar yumshoq hukm chiqaradiki, bilmaysan kishi: jazo berdimi, nasihat qildimi. A. Qahhor
4. koʻchma Zoʻr kuch, shiddat bilan yuz bermoq, sodir boʻlmoq; avjiga minmoq.
-
Boʻron quturmoqda.
-
Suv quturib kelyapti, paromni chirpirak qilib olib ketadi. S. Ahmad, Iqbol chiroqlari
-
Ayrim joylarda yongʻin quturib, oʻz oʻljasini katta ishtaha bilan yutmoqda. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Quturgan shamol tomni uchirib ketgundek uvullaydi. Yoshlik
QUTUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУТУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qutur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar