qutul
bilan ulashing
1. Koʻngilsiz, ogʻir, xavfli va shu kabilar holdan xalos boʻlmoq.
-
Xijolatlikdan qutulmoq. Xavf-xatardan qutulmoq. Kasallikdan qutulmoq. Tashvishdan qutulmoq.
-
Sen qutulding qaygʻu, hasratdan. Gʻayratiy
-
Bosib kelayotgan gʻashlikdan qutulish uchun, chamadonidan ikki-uchta kitobini oldi. X. Sultonov, Onamning yurti
2. Saqlanmoq, omon qolmoq.
-
Bir oʻlimdan qutuldim. Qordan qutulib, yomgʻirga tutilmoq.
-
Siz oʻylagan qadar oson emas, afandim, gunohdan qutulib ketishingiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Komil baloni biladi, — deb oʻyladi ichida bek, — Mening qorabayirimdan qochib qutuldi u tulki! H. Gʻulom, Mashʼal
3. Bandi, tutqun kabi holatdan boʻshamoq, boʻshab chiqmoq; ozod boʻlmoq.
-
[Yoʻlchi] Qamoqdan qutulib chiqsa, uni bir koʻrsam. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Tashlab, tark etib, barham berib yoki voz kechib xalos boʻlmoq.
-
Chekishdan qutuldi. Yomon odatlaridan qutuldi.
-
Agar shu hol-da davom eta bersalaring, ikkovlaringga ham baravar javob berib, qutulaman! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Rejadagi ish, vazifa va shu kabilarni bajarmoq, tugatmoq, amalga oshirmoq.
-
Toʻyning yumushlaridan endigina qutulgan Yoʻlchi toʻqqiz yogʻochli uyda yolgʻiz oʻtirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Zimmadagi burch, qarz kabilardan hisob-kitob bilan uzilmoq.
-
Nega qutular ekansan! Dadamning haqlarini berib, undan keyin qutulasan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Shunday qilib, boy ikki yuz ming soʻm uchun beradigan zakotdan qutuldi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qarzimizdan qutulsak, xudoga shukur, qutulmasak, yana boy yelkamizda-da. Sharq yulduzi
7. so‘zlashuv tili Koʻzi yorimoq; boʻshanmoq, tugʻmoq (homilador ayol haqida).
-
Eson-omon qutuldingizmi, Salimaxon, uy bilan boʻlib, qut-lagani ham kelolmasam-a. R. Fayziy, Sen yetim emassan
qutul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻpdan quyon qochib qutulmas
-
Olishar biron yoʻlini topayotgandir-da, topmaydigan boʻlsa, Ahmedov akam aytmas edilar. Olimlar ham bir boʻlib ishlasa koʻpdan quyon qochib qutulmaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qochib qutulmaydi
-
Yoshlardan ish qochib qutulmaydi.
QUTUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУТУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qutul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar