qutqar
bilan ulashing
1. Koʻngilsiz, ogʻir, xavfli va shu kabilar holdan chiqarmoq, xalos qilmoq.
-
Azobdan qutqarmoq. Xijolatdan qutqarmoq. Ulimdan qutqarmoq. Sharmanda boʻlishdan qutqarmoq. Tilni tiygan boshni qutqarar. Maqol
-
Xudo xayringizni bersin meni tashvishdan qutqaring. K. Yashin, Hamza
2. Boʻshatmoq, chiqarib olmoq, ozod qilmoq.
-
Qamoqdan qutqarmoq.
-
[Otam bilan onam:] Toza sharmanda boʻldik. Besh-olti yilga kestirib yuborsa, seni qanday qilib qutqarib olamiz? P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Xalos, xorij qilmoq.
-
Ichkilikbozlikdan qutqarmoq. Qarzdan qutqarmoq.
QUTQAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУТҚАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qutqar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar