qutlug‘
bilan ulashing
1. aynan Qutli 1.
-
Agʻdarma etikning changi ham qutlugʻ — Baraka yildagi xirmonning gardi. Gʻ, Gʻulom
2. Xosiyatli, muborak.
-
Oilaning yangi aʼzolarini yangi yerda muborakbod etishib, poyqadamlari qutlugʻ boʻlishini tilashdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. aynan Muqaddas.
-
Bu qon eng qutlugʻ eng sof qon. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Tabrik, muborakbod soʻzlariga javobni bildiruvchi soʻz.
-
— Martabalari muborak boʻlsin? — Qutlugʻ, taqsir, qani, marhamat qilsinlar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
QUTLUG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУТЛУҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qutlug‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar