retsept
bilan ulashing
1. tibbiy 1 Vrachning dori tarkibi, dozasi va undan qanday foydalanish haqida bemorga (odatda dorixona uchun) beradigan yozma koʻrsatmasi.
-
Retsept bilan dori olmoq. Retsept yozib bermoq.
-
Odamlardan retseptlarni qabul qilib, daftarga qayd etish, tayyor dorilarni egalariga berish, dorilarni qanday tayyorlash — bari kishidan qunt talab qiladi. S. Anorboyev, Mehr
2. Biror narsani tayyorlash haqida qoida va maʼlumotlar majmui (masalan, tayyorlash yoʻllari, qancha masalliq, dorivor kerakligi va shu kabilar haqida).
-
Pivo retsepti. Tort resepti. Pechenye retsepti.
3. koʻchma s.t. Ogʻir, noqulay holatlardagi harakatlar uchun tayyor yoʻl-yoʻriq, qolip, andaza.
-
Har xil vaziyatga yaraydigan, hamma-bop axloqiy-estetik qoidalar retsepti yoʻq. R. Usmonov, Odobnoma
-
Biz ilgari duch kelmagan oʻta murakkab bir-biridan ogʻir masalalarni yechish uchun tayyor retseptlar boʻlmagan oʻsha dastlabki paytlarda bunday ikkilanish holatlari yuz berishi ham tabiiy edi. Gazetadan
RETSEPT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЕЦЕПТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
retsept so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar