ostona
bilan ulashing
1. Eshik, darvoza chorchoʻpining ostki koʻndalang yogʻochi; binoga, hovliga kiraverishdagi yerga koʻn-dalang yotqizilgan yogʻoch, taxta, xarsang va shu kabilar; boʻsagʻa.
-
Baland ostona. Uy ostonasi. Koʻcha eshik ostonasi.
-
Eshik qattiq tepki bilan ochildi-yu, ostonada chuvalchangday chuvak., bir kishi paydo boʻldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ahmad brigadir Nusratbekni yangi darvoza ostonasida koʻrishi bilanoq ahvoli ruhiyasini tushundi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. koʻchma Uy, xonadon, dargoh.
-
— Shu yer tufayli bizlar sening ostonangga bosh egib, qulluq qilib keldik, — dedi Oyimxon. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sanʼat shunday buyuk dargohki, uning ostonasiga qadam qoʻydingmi, orqaga chiqishning imkoni yoʻq. Saodat
3. koʻchma Qishloq yoki shaharga kiraverishdagi joy, boʻsagʻa.
-
Iskandar Xoʻjand ostonasida qattiq talafot koʻrgan. Mirmuhsin, Temur Malik
-
Chekingan dushman qishloq ostonasidagi tepalikka chiqib olib, qarshilik koʻrsata boshladi. N. Safarov, Komissar Qoraboyev
4. koʻchma Biror voqea yoki hodisaning boshlanishiga yaqin qolgan payt; arafa.
-
Hali esini tanimagan, oʻt-olov bola shu yerda balogʻat ostonasiga yetdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Yurtim, seni yana qutlab qoʻyayin, Qutlugʻ Yangi yilning ostonasida. A. Oripov, Yillar armoni
5. geogr. Daryo ostidagi, baʼzan suvdan chiqib koʻrinib turadigan va suv oqimini tezlashtirib, kemalar qatnovini qiyinlashtiradigan balandroq joy, doʻnglik.
OSTONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОСТОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ostona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar