ot
bilan ulashing
1. Koʻlni siltab yoki qulochkashlab, qoʻlidagi narsani uzoqqa yoki moʻljalga irgʻitmoq, uloqtirmoq.
-
Tosh otmoq. Granat otmoq. Koʻpga kesak otma. Matal
-
Yormat pichoqni sugʻurib olib, uzoqqa otdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Tashlamoq, irgʻitib yubormoq.
-
Tantiboyvachcha koʻrpachaga bemalol oʻtirib, doʻppisini bir chekkaga otdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Shiddat bilan biror tomonga, joyga tashlamoq yoki tashlanmoq, otilmoq.
-
Gulnor hushsizlangan kabi, boshini onaning tizzasiga otdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bolakay, yastanib yotgan poyonsiz lolazordan yugurib kelib, oʻzini uning quchogʻiga otdi. Sharq yulduzi
4. Koʻtarib yerga urmoq, yiqitmoq (kurashda).
-
U [Siddiqjon] hozir kurashda raqibini yonboshga olib otgan. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
-
Qoʻtosni otmadi, zoʻr bilan uni maydonning chetiga — qattiq yerga sudradi. A. Qahhor, Sarob
5. so‘zlashuv tili Chekmoq; tortmoq.
-
Chori ota barmoqlari titrab, nos otdi. S. Nurov, Narvon
-
Shu vaqtda kimdir, burnaki otgandek, qayta-qayta apshurdi. Oybek, Navoiy
6. Tortmoq, ichmoq (ichimlik haqida).
-
Esonboy chorpoyaga chiqib, u bilan yonma-yon oʻtirganda, chol jinday otib olganini sezdi. Yoshlik
7. koʻchma kam qoʻll. Uloqtirib tashlamoq, tark etmoq, yigʻishtirmoq.
-
Qoʻlingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
8. koʻchma Chiqarmoq, yozmoq, yoymoq (asosan oʻsimlik haqida).
-
Chechak otmoq. Palak otmoq. Kurtak otmoq.
-
Hademay karnay-gullar, juda hafsala bilan chiroyli qilib tortilgan iplarga chirmashib, katta-katta yaproqlar otdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Zilol suvli sharshara yonida ikki bahaybat chinor, Bobur zamonidan guvohlik berib, shox otib turibdi. H. Hasanov, Ekvatordan oʻtganda
9. Biror qurol vositasida oʻq, tosh, snaryad va shu kabilar uzmoq.
-
Sopqon otmoq. Kamalak otmoq. Minomyot(dan) otmoq. Otgan oʻq qaytmas. Maqol
-
Yotib qolguncha, otib qol. Maqol
-
Tanklarimiz dushmanning oldingi okoplaridan oʻtib, tankka qarshi otadigan batareyani toʻpga tuta boshladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
10. Otish quroli vositasida urib shikastlamoq yoki oʻldirmoq.
-
Oʻrdak otmoq. Quyon otmoq.
-
[Yoʻlchi] Tishini qisirlatib dedi: — Toʻpning ogʻziga qoʻyib, otib yuboringlar meni, qonxoʻrlar! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Baʼzan qiziqsinib, biz ham kaptar otib koʻrmoqchi boʻlardik. Shukrullo, Saylanma
11. Kuch bilan itarib, itqitib chiqarmoq; uchirib yubormoq.
-
Shisha probkasini otib yubordi. Vulqon yuz tonnalab olovlangan togʻ jinslarini havoga otdi.
-
Suv dam oqizib ketadi, dam chetga otadi. S. Ahmad, Ufq
12. koʻchma Qoʻymoq, tashlamoq.
-
Shior otmoq. Masalani oʻrtaga otmok-
-
Dastlab bu gapni dadangiz oʻzlari oʻrtaga otdilar. Oybek, Tanlangan asarlar
13. Uchmoq, sirgʻanmoq.
-
Yaxmalak otmoq. Konki otmoq Mening yoshligimda birga oshiq oʻynab, yaxmalak otib oʻsgan bir ogʻaynim bor. Shukrullo, Saylanma
ot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oshiq otmoq
Tomir otmoq
Tong otmoq
-
Bagʻriga kimgadir baxt, kimgadir qaygʻu yuklab, yana tong otmoqda. Yoshlik
Gap (yoki piching) otmoq
-
U kelin oyisini ochiq-oshkor suymas, kesatib, piching otib, uning koʻngliga ozor berar edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
Nafsi hakkalak otadi
Shataloq otmoq
-
Qizing hozir qayoqni xohlasa, oʻsha yoqqa shataloq otib, chopib yuribdi. Mirmuhsin, Umid
OT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OT so‘ziga berilgan ma’nolar
ot so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar