ota
bilan ulashing
1. Farzandli, bola-chaqali er kishi (oʻz bolalariga nisbatan).
-
Ota boʻlmay, ota qadrini bilmas. Maqol
-
otamisiz, nimasiz axir, oʻgʻlingizni tiyib olish sira esingizga keladimi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tojiddinning otasi ham kampirining oʻlimidan keyin koʻp oʻtmay vafot etgan edi. S. Zunnunova, Olov
2. Yoshi katta kishilarga murojaat qilishda yoki ularni hurmatlash uchun ishlatiladi.
-
Otalar soʻzi — aqlning koʻzi. Maqol
-
Yunusali ota qayoqqa borishni bilmay, hardamxayol boʻlib turgandan keyin idora tarafga yoʻl oldi. S. Ahmad, Ufq
-
Qoratoy Oʻrozni darrov Shokir otaga yubordi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Oʻgʻil bolani erkalatish uchun ishlatiladi.
4. koʻchma Biror ish yoki harakatni boshlab bergan, unga asos solgan kishi haqida.
-
Abdulla Qodiriy oʻzbek romanchiligining otasidir. Jukovskiy rus aviatsiyasining otasidir.
5. koʻchma Mehribon boshliq, rahnamo haqida.
-
U [Mixail Markovich] kolxozchilarga ota boʻldi, gʻamxoʻrlik qildi, ish oʻrgatdi. Oydin, Mardlik — mangulik
6. El-yurtga boshchilik qiluvchi, yoshi yoki mansabi ulugʻ zot haqida
-
[Yormat:] Tayyorlan, qizim, Senga yurt otasi, ellikboshimiz gapiradilar. Oybek, Tanlangan asarlar
ota soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ota kasb
-
Beshiksozlik Rahim akaga ota kasb. Saodat
-
Katta boʻlgach, hammollik menga ham ota kasb boʻlib qoladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Ota yurt (yoki makon)
-
Nusratbekning ota yurtida ilgari ham saratonda, ikki-uch yilda shunday bir shamol esib, palaklarni agʻdarib ketardi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Bir zumgina chayqalib oldi Ota makon — qirlarim, choʻllar. S. Sayyid.
Otasi
-
Sal oʻtmay, hovliga Salimjonning qaynotasi savlat toʻkib kirib keldi. Gazetadan
Bor otangga, bor onangga
Ota goʻri qozixonami?
Otangga rahmat
Otang yaxshi, onang yaxshi qilib
OTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ota so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OTA so‘ziga berilgan ma’nolar
ota so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar