otalik
bilan ulashing
1. Otaning oʻz farzandiga boʻlgan munosabatlari va shu munosabatlarga bogʻliq holatlar.
-
Otalik burchi. Otalik muhabbati.
-
Qutbiddinovning otalik mehri joʻsh urib ketdi, Suyarning boshidan, yuzidan oʻpdi, quchoqladi. A. Qahhor, Oʻjar
-
Togʻay oʻsha tun otalik baxtini his etib, xayol qanotida yuksak-yuksaklarga uchdi. Yoshlik
2. bot. Oʻsimliklarda hosilni vujudga keltiruvchi erkak generativ aʼzo; changchi.
-
Tok gulida onaligi yaxshi rivojlangan boʻlib, otaligi esa uncha yaxshi taraqqiy etmagan. Fan va turmush
otalik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Otalik qilmoq
-
Yurtga otalik qiladigan, koʻp azalarda yetimlarning boshini silab, koʻz yoshini tindirgan Togʻa Azizxonni ovutish uchun bisotidan biron joʻyali gap topolmadi. S. Ahmad, Ufq
-
Bola-chaqangizning orzusini koʻring, otalik qildingiz. Oydin, Erk yurak
OTALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OTALIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OTALIK so‘ziga berilgan ma’nolar
otalik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
otalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing