otar
bilan ulashing
1. Otmoq feʼlidan sifatdosh.
-
Tong otar chogʻi. Olti otar minomyot.
2. ot , s.t. Katta bazm, toʻy.
-
Qirmizxon hali ham goh-gohida xufiyona toʻyga chiqar, otardan tushgan toʻn, koʻylak, doʻppi, hech boʻlmaganda, bir juft aroq yoki konyak bilan boshligʻining koʻnglini olib turar edi. N. Aminov, Qahqaha
otar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Otar puli
Yaylovda boqiladigan qoʻylarning yirik toʻdasi; yirik poda va u saqlanadigan joy.
-
Otar seroʻtroq joyga koʻchirildi.
-
Roʻzi bobo butun otarga bir oʻzi qarab, choʻponlarni pichan oʻrish, yigʻishga solgan. O. Qoʻchqorbekov, Choʻpon Roʻzi baxshi
-
Toʻrtta otarimiz qor ostida qolib ketdi, — dedi direktor. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
OTAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОТАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
otar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar