zor
bilan ulashing
1. Hasratli yigʻi, nola, afgʻon.
-
Chirqirab yigʻlayotgan haligi bolaning zoriga yana ikki bolaning faryodi qoʻshildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Keta ber, turmagin, sarkarda, beklar, Quloq soling menday nochor zoriga. Murodxon
2. Muhtoj, intizor.
-
Kim haqqa tashna-dir, kim mehrga zor. Men unga umrimni etgumdir fido. A. Oripov, Yillar armoni
-
— Men sizning dallolligingizga zor emasman! — Charos keskin burilib yurib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Bir parcha nonga zor edik, — dedi Abdurasul. P. Tursun, Oʻqituvchi
zor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zor yigʻlamoq
-
Zor yigʻlab, navosiz qolmagay dunyo, Oʻzi chora topmay, yigʻlagay olam. A.
-
Kipriklari qayrilma Qizlar qoldi zor yigʻlab. Sharq yulduzi
Zor qaqshamoq
-
— Juda xunuk ish boʻldi-da. ]Qizning] Ona-si zor qaqshab qidirib yurgandir — dedi Qoʻshoq ota. S. Ahmad, Choʻl burguti
Zor qolgur
-
— Shu zor qolgur toʻn tufayli bizning oilalarimizda qancha koʻngilsiz hodisalar boʻldi, — deydi xotin-qizlardan Sayyora Shamsiyeva. B. Xalilov, Togʻora tashvishi
Zorim bor, zoʻrim yoʻq
-
— Zorim bor, zoʻrim yoʻq, — dedi bobo arava gʻildiragiga yaqin choʻnqayib. N. Safarov, Olovli izlar
Onayi zor
Xudoning zorini qilmoq
-
Ota bechora: — Bu niyatingdan qaytgin, oppoq qizim. Ering qobil yigit. Meni otam desang, asti xafa qilma uni. Qoʻshganing bila qoʻsha qarigin! — deb xudoning zorini qilibdi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
ZOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar