zoriq
bilan ulashing
1. Zor boʻlmoq, biror narsaga muhtoj boʻlmoq.
-
Pulga zoriqmoq.
-
Zoriqqanimiz yoʻq, bolam. Besh-oʻn tanga orttirib ham qoʻydim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ularning intizor koʻzlari front yoʻlida, qoʻllari mehnatda, frontni zoriqtirmaslik, dushmanni tezroq yakson qilish uchun tinimsiz ishlar edilar. S. Ahmad, Oydin kechalar
2. Sabrsizlik bilan kutmoq, intizor boʻlmoq.
-
Ota-ona farzandi koʻtarib keladigan narsani emas, oʻzini kutadi, sogʻ-salomat koʻrishga zoriqib, koʻzlari koʻchada boʻladi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
-
Birov non, birov olma, anor, birov pista, bodom toʻla barkash tutib, qahramon farzandlarini zoriqib kutadi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Otasi kun botib, qorongʻi tushishini zoriqib kutdi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
ZORIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗОРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zoriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar