soy
bilan ulashing
1. Ikki adir yoki togʻ oraligʻidagi, koʻpincha oqar suvlar harakati va boshqalar natijasida hosil boʻlgan pastlik joy, suv yoʻli, vodiy.
-
Boy boyga boqar, suv soyga oqar. Maqol
-
Hozir koʻklam kunlari: qirlar, soylar koʻk-qizil pushti, goʻlos va tagʻin allaqancha rangli chechaklar bilan ustlarini bejab, oshiqlarga yangi hayot, yangi umid berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Shunday vodiyda, pastlikda doimiy yoki mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, irmoq.
-
Soy suvi. Soyda choʻmilmoq. Soydan kechib oʻtmoq.
-
Choy toʻkilib, soy boʻlmas, yulduz yigʻilib, oy boʻlmas. Maqol
-
U bomdodni ado etgach, xarsang toshlar oralab sharqirab oqayotgan soy boʻyiga tushib, tabiatning mislsiz jamolini tomosha qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. maxs. Miltiq stvoli ichidagi burama ariqcha.
SOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
soy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing