soxta
bilan ulashing
1. Qalbakilik maqsadida asliga oʻxshatib ishlangan, yasalgan; yasama, qalbaki.
-
Soxta pul. Soxta imzo.
-
Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi battol Homid ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Demak, Siddiq Sharipov — otangizning soxta ismi-sharifi. Sharq yulduzi
-
U bu ishga puxta oʻylab kirishgan. Uning soxta hujjatlari shundan dalolat berib turibdi. Yoshlik
2. Yetarli asosga ega boʻlmagan, asossiz, puch.
-
Soxta daʼvo. Soxta nazariya.
-
[Fotima:] Boʻlmagan soxta dalillar bilan gapiruvchi ifloslarning soʻziga kirib, bu xilda qilish yaxshi emas. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
3. Yolgʻondakam, tagi puch, yuzaki.
-
Soxta obroʻ.
4. Samimiyatsizlik bilan shunchaki qilingan, nosamimiy, yuzaki, yasama.
-
Soxta kulgi. Soxta muloyimlik.
-
— E, sizmidingiz, Shoqosim aka, tanimay qolganim uchun kechirasiz, — dedi [Hafiza] jindek soxta jilmayib. Mirmuhsin, Umid
-
Appon choluning soxta, zoʻraki takallufidan gʻazablandi. Yoshlik
-
Mehmonlar orasida Marhabo, talantlar! televizion konkursining ikki qatnashchisi ham boʻlib, ular soxta kamtarlikdanmi yoki tortinchoqlikdanmi, bir chekkada qimtinibgina oʻtirishardi. N. Aminov, Qahqaha
SOXTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОХТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SOXTA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingSOXTA so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SOXTA so‘ziga berilgan ma’nolar
soxta so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
soxta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing