soyabon
bilan ulashing
1. aynan Zontik.
-
Shoyi soyabon. Soyabon tutmoq.
-
Boʻronbek charm shapkali boshini soyabon tagiga yashirdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Narigi xonada dars tayyorlab oʻtirgan nevarasiga, soyabon tutib, koʻchadan tezda adasini chaqirib kelishni aytdi. Mirmuhsin, Umid
2. so‘zlashuv tili Shlyapa, shapka va shu kabilarning soya beruvchi qismi.
-
Shapkaning soyaboni.
-
Bejirimgina tilla gardishli koʻzoynagi-yu ser-bar poxol soyaboni oʻziga biram yarashgan Valentina horgʻin jilmaydi. M. Mansurov, Yombi
-
Roʻparasida shlyapaning keng soyaboni tagidan Xumorxonning koʻzlari yonib turardi. A. Muxtor, Tugʻilish
3. Umuman, quyosh nuridan yoki yomgʻirdan saqlovchi har qanday qurilma, pana.
-
Avtobus stansiyalariga soyabonlar qurilmoqda.
-
Quyosh tikkaga kelib, ayovsiz qizdirayotgani uchun, har yer-har yerda soyabonlar tikilgan. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
-
Shunday gashtli kunlardan birida praktikantlar, boshlarida soyabon, tepa ustida davra qurgancha, orqalarini oftobga toblab, karta oʻynab oʻtirishar edi. M. Mansurov, Yombi
4. koʻchma Panoh, homiylik, xayrixohlik.
-
Togʻlar boshi xiyobon. Bir xudoyim soyabon. Nurali
-
Qon yigʻlaysiz bu kun onam mehribon, Otam ekan hammamizga soyabon. Zulfizar bilan Avazxon
soyabon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻlini (yoki kaftini) soyabon qilmoq
-
Zokir ota qoʻlini soyabon qilib, shudgorning uzoq etagigacha chamalab koʻrdi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
SOYABON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОЯБОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
soyabon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar