kift
bilan ulashing
1. Gavdaning boʻyindan qoʻlgacha boʻlgan qismi; yelka.
-
Otam kelib, xurjunni kiftiga oldi, men unga ergashdim. S. Ayniy, Esdaliklar
2. Kiyimning yelkada turadigan, yelkani qoplaydigan qismi.
-
Teshaboyning taʼnasi boyagi kifti yamoq qotma cholning jahlini chiqardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
kift soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kiftini keltirmoq
-
Qoʻling dard koʻrmagur oshpazlar ham taomlarning kiftini keltirib yuboribdi. Mushtum
-
— Akang aylangur, hazilliyam kiftini keltirasan, — Toʻlamat moʻylov yirik-yirik tishlarini koʻrsatib iljaydi. S. Anorboyev, Oqsoy
Yakka kift boʻlib yoki yakka kiftlab
-
Yoʻlchi yakka kift boʻlib, xalq orasini yorib, oldinga oʻtdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yakka kiftlab oʻtasan kishi, Koʻchalarda sonsiz olomon. E. Rahim, Yangi qadam
-
Yana yakka kift boʻlib, darvozadan chiqdi va koʻchadan jadallab ketdi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
KIFT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИФТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kift so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar