mo‘l
bilan ulashing
1. Yetarli darajada koʻp; serob.
-
Moʻl hosil.
-
Daraxtlar pakana, mevasi moʻl va yirik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dehqon osmonga qarab, yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab, moʻl mahsulidan suyunadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
atrofdagi dalalar toza, ozuqa moʻl. S. Nurov, Karvon
2. ch. k. bilan) (Ortiq, ziyod, koʻp.
-
[Mirzakarimboy:] Bu yer chakalak edi. Utgan yil hammasini kesib oldik Yoni-veri bilan qoʻshilib, bir tanobdan moʻl yer qoʻlga kirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Baxtimizga bir burchakda, eski oxurning yonidagi qoziqda bir qulochdan moʻlroq arqon bogʻlanib yotar edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.
3. kamqoʻll . Toʻkin, bekamu koʻst, farovon.
-
Davlatimiz moʻl boʻlar, Omborlar donga toʻlar. Paxtamiz toʻlib oshar, Hosil daryodek toshar. Q. Muhammadiy.
-
Mehmon uchun obroʻyim, Usiz oʻtmaydi toʻyim. Moʻldir roʻzgʻorim —uyim, Suraylik davron, palov. Mushtum
MO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mo‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar