mo‘ljalla
bilan ulashing
1. Oldindan oʻylab, koʻzlab qoʻymoq, belgilamoq, rejalashtirmoq.
-
Bir yilning ichida Ehson moʻljallaganidan ziyoda bilimga ega boʻladi. A. Qahhor, Sarob
-
Avaz koʻpdan beri., bu zabun, mehnatkash toʻda xususida bir shʼeʼr yozishni moʻljal-lab qoʻygan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
2. Biror maqsad uchun koʻzlamoq, muvofiq topmoq, belgilamoq.
-
[Sodiq] Oʻzini yashirish uchun qutidorning yoʻlagini moʻljallagan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Direktor., birinchi navbatda bu yil urugʻ ekiladigan yerlarni moʻljallashi kerak edi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Madxoliqning buvisini sizga moʻljallab qoʻyuvdik, bu ham vafot topibdi-da. Hamza, Maysaraning ishi.
3. Chamalamoq, taxmin qilmoq.
-
Bogʻning sahnini Salim uch yarim tanob, Fazliddin uch tanob moʻljalladi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Nishonga olmoq, poylamoq.
-
Oqilxon toʻra Boʻtaboyni moʻljallab otgan oʻq Tillabuvaga tekkan ekan. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Ahmad tanbal boʻynini moʻljallab urgan qilich Boburning yoy-oʻqlari solingan sadogʻiga tegib, uni shartta kesib tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
MO‘LJALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЎЛЖАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mo‘ljalla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar