og‘riq
bilan ulashing
1. Kasallanish, shikastlanish, jarohat yoki charchash natijasida seziladigan jismoniy azob, dard.
-
Oyogʻining ogʻrigʻi bosildi. Yaram yana ogʻriqqa kirdi.
-
Bir ozdan keyin Malik muallimning biqinidagi ogʻriq xiyol bosildi. A. Koʻchimov, Halqa
-
U oʻz azobiga, kuyuk ogʻrigʻiga chidab, bardosh qilib, oʻziga-oʻzi dalda berardi. N. Safarov, Vodillik qahramon
2. Kasallik, xastalik, dard.
-
Bel ogʻrigʻi. Koʻz ogʻrigʻi. Oyoq ogʻrigʻi. Ogʻriqqa chalinmoq.
-
Ogʻriqning birinchi kuni Kumush hech kimga sezdirmay yurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Bemor, kasal, xasta.
-
Oʻlar ogʻriqning oʻlgani yaxshi, uydagilarning tingani yaxshi. Maqol
-
Ogʻriqning tuzalgisi kelsa, emchi oʻz oyogʻi bilan kelar. Maqol
-
Bu voqeaning uchinchi kuni Kumushbibi yillab yotuvchi ogʻriqlardek sargʻayib ozgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Har ikkala ogʻriqning nomi bitta — muhabbat. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
-
Biron joyda ishlash u yoqda tursin, koʻchaga chiqay degan oʻyning oʻzi uning uchun ogʻriq koʻz bilan oftobga qarashday yoqimsiz edi. A. Qahhor, Sarob
4. koʻchma Ruhiy azob, dard, alam.
-
Elmurod Fotima bilan tenglashib olgach, bir entikdi-da, goʻyo qalbini jizillatib turgan ogʻriqni bittalab olib tashlayotganday gapirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Cholning qalbini allaqanday sovuq bir qoʻl ombur orasiga olib siqar, ogʻrigʻi yuziga urib borar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. kam qoʻll. Tashvish, gʻam.
-
— Ajabo, makkajoʻxoridan boshqa ogʻrigʻim yoʻqmi,— dedi rais oʻziga-oʻzi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Moʻminlar bir-birlarining ogʻrigʻiga sherik boʻlishi kerak. Fan va turmush
6. koʻchma Illat, kamchilik. —
-
Bu ogʻriq yangigina tuzilgan kolxoz sharoitida yuqumli bir ofat. A. Qodiriy, Kichik asarlar
og‘riq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yurak ogʻrigʻi
-
Koʻk choy bosh, yurak ogʻrigʻiga, qon bosimiga duchor boʻlganlar uchun foydali. Fan va turmush
-
— Qorangni koʻrsatmay qoʻyding. Nima boʻldi, shunaqa yurak ogʻrigʻimiding? — dedi qoraqosh yigit oʻspiringa. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
Bosh ogʻrigʻi
Bosh ogʻrigʻi qilmoq
OG‘RIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҒРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
og‘riq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar