tob
bilan ulashing
1. Kishi organizmining holati; sogʻliq.
-
Tobim yaxshi. Tobi durust emas.
-
— Ota, tobingiz joyidami? — deb soʻradi yigit tashvishlanib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Meʼyoriga yetish, yetilish (yetilganlik) darajasi, holati.
-
— Yerning tobi bundan or-tiq boʻlmaydi, — dedi u sinovchan nazar bilan yonidagilarga qarab. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Hosil moʻl, tobida silos qilmasak, shirasi kamayib, burdi ketadi. F. Nurullayev, Boʻz yigit
-
Sayislar biladi otning tobini. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
3. koʻchma Xohish-istak, mayl, ragʻbat.
-
Ishga tobing bormi, jiyan? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Na oʻqishga, na yumushga tobi yoʻq, taʼbi nozik Guldasta
4. Chidam, toqat.
-
Tob bermoq.
-
Otangga berma azob, Azobga qolmagan tob. H. Olimjon
5. Taft, dam.
-
Qoramtir, qoʻngʻir, pushti bulut karvonlari goʻyo qizil shuʼla tobidan sharqqa shoshilib qochar edi. P. Tursun, Oʻqi-tuvchi
6. sheva Xuddi, naq.
-
Sen opang Jumagulning tob oʻzisan, lekin bir ozgina farqing bor, xolos. J. Sharipov, Xorazm
tob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tobi aynimoq (yoki qochmoq)
-
Shu kunda sal tobim aynib yuribdi. Oʻlib-netib qolsam S. Ahmad, Ufq
-
Jinday tobim kelishmay qoldi A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Oʻriklar danak qotirganda tobim qochib qoldi. M. Mansurov, Yombi
-
Buning oldidan ketolmay qoldim, ota, tobi yoʻq. A. Muxtor, Chinor
Tobiga yetmoq (yoki kelmoq)
-
Kechagina paxtalari bodroqday ochilib yotgan dalalar shudgordan keyin qor ostida boʻrsillab yotibdi, tobiga yetayapti. Gazetadan
-
Soʻfining tanlariga birdan oʻt tutashganday boʻldi. Butun vujudi qizigan tanurday [tandirday] tobiga kelgan edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Baliq shoʻrva keldi tobiga chogʻi, Dasturxonga choʻkdi ovchilar shu choq. M. Ikrom, Baliqovida
Tob bermoq
-
Nizomiddinov uning oʻtli qarashiga tob berolmay, asta-asta yurib, darvozadan chiqdi. S. Ahmad, Hukm
-
Laʼnatining xotin olishga ixlosi baland-u, katta chiqimga tobi yoʻq. P. Tursun, Oʻqi-tuvchi
Tob bermoq
-
Mana, koʻz oʻngimizda quyoshning hayotbaxsh taftiga tob berib, keng pichanzor vodiy yastanib yotibdi. Gazetadan
Tob tashlamoq
-
Eshik tob tashlabdi.
-
Dangasa mehnat uchun bermaydi tob, Oftobda hoʻl yogʻoch tashlaydi tob. Habibiy
-
Ikki zinadan koʻtarildi. Tob tashlab, taxtalarining orasi ochilib qolgan yupqa eshikka roʻpara boʻldi. S. Nurov, Narvon
-
Keldiyorov ularni gap bilan uzib oldi: — Ot-ulov bahona, oʻzlaring tob tashlab qolgansizlar. Mushtum
-
Chol hali-beri tob tashlamasdi. Kenjamiz avariyada nobud boʻlgandan soʻng sinib qoldilar. N. Qobil
Tobga olmoq
-
Shuytib qistab yoʻl tortdi, Tobga olib Gʻirotdi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
Shu tobda
-
Lekin shu tobda qizning bagʻrini bir narsa qattiq oʻrtadi va u oʻkirib yigʻlab yubordi. Yoshlik
TOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar