tobe
bilan ulashing
1. Hokim qoʻl ostidagi, uning hukmida boʻlgan; qaram.
-
Tobe mustamlakalar.
-
Qilichin boʻyniga solib, Shakarbekka tobe boʻldi. Shirin bilan Shakar
-
ukalari Suyurgʻatmish mirzo bilan Muhammad Joʻqiylarni kelgusida oʻziga tobe Movarounnahr hokimlari etib tayinlashni koʻzlardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Lavozim, mavqe va shu kabilar jihatdan quyida boʻlgan, boʻysunuvchi.
-
Keyin sekin-asta darajasi yuqori kimsalar bilan gaplashib, tobe kishilarga qaramaydi Mirmuhsin, Umid
-
Javlonbek yuragi hapqirib, seskangandek boʻldi, biroq bu yerda sir boy berish oʻziga tobe odamlarni ham qoʻldan berish bilan barobar edi. N. Fozilov, Diydor
3. Shart-sharoit yoki muhit jihatidan boʻysungan, bogʻliq, aloqador.
-
Bu oilada yeyish-ichish belgili tartib ham rejaga tobe esa-da, har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar
tobe soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tobe qilmoq (yoki etmoq)
-
Komilning ziyrak zehnida chaqnab qoladigan aql uchqunlari uni hayratda qoldirar, natijada shu yosh yigit uni oʻz irodasiga tobe qilib qoʻyar edi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Amirak Ahmadni yoʻqotib, oʻrniga oʻz oʻgʻillaridan birini qoʻymoq, Fargʻona viloyatini tobe etmoq Shohrux saltanati mavqeyini koʻtarishda gʻoyat muhim masala edi. Mirmuhsin, Meʼmor
TOBE so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОБЕ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tobe so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar