tobla
bilan ulashing
1. Taftiga, alangasiga tutmoq, qizdirmoq.
-
Choʻpon ota paxmoq soqollarini silab, bagʻrini oftobga toblab, togʻ bagʻriga yonboshladi. Oydin, Farhodlar
-
Zokir Oʻrinovich pechga qoʻllarini toblab, bir oz isitgach javon yoniga bordi. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
2. maxs. Maxsus qurilmada qizdirish va boshqalar yoʻllar bilan ishlov berish orqali yetiltirmoq, tobiga keltirmoq.
-
Temirdan uranni qilolamiz farq, Poʻlat toblamoqqa oʻz koʻramiz bor. R. Bobojon
3. koʻchma Chidam-bardoshli qilib yetishtirmoq; chiniqtirmoq.
-
Mamajon-ku pishigan, hayot obdan toblagan uni. S. Nurov, Narvon
-
Kurash olovida tobladik oʻzni, Tarix jildlarida shuhratimiz bor. R. Bobojon
1. Pishitmoq, eshmoq, chiyramoq.
-
Ipni toblamoq.
2. Chiroyli, koʻrkam qilib oʻrmoq (soch haqida).
-
Toblab zulfin oʻrgan bormi? Yorman suhbat qurgan bormi? Yoki birga yurgan bormi? Ravshan
TOBLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОБЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tobla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar