tong
bilan ulashing
1. 1 Kun chiqish payti, subhidam, sahar, azon.
-
Bahor tongi. Tong payti. Tong shabadasi. Tong qorongʻisi.
-
Xoʻrozlar ham uygʻonib, Berdilar tongdan xabar. Kimlarga ogʻir botar, Kimni shirin allalar. Gʻayratiy
-
Tongga yaqin toʻplar, mashinalar, tanklar qalangan, jangchilar qaynagan katta manzilning qoʻyniga kirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Erta tongda Nurullaboyda Aravaga qoʻshildi otlar. E. Rahim
2. koʻchma Biror narsaning boshlanish payti, ilk davri.
-
Baxt tongi.
-
Kunlar kelar — qop-qora ufq Ol shafaqdan boʻlar lolarang, Najot tongin ochadi quyosh. Gʻayratiy
tong soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yolgʻon tong
-
Tong boʻzarib yorishdi. Yolgʻon tongda adashib yoʻlga chiqqan bulutlar taraldi. Shuhrat, Shinelli yillar
Tongni tong ottirib, kunni kun bottirib
Tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq
-
[Nizomjon] Kechalari yulduz toʻla osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar naʼmasidan, suvlar shildirashidan koʻngilga allaqanday yupanch izlardi. S. Ahmad, Ufq
-
Toʻxta xola chinakchilikdan chiqqan paxtasini kechalari yigirar, charx oldida tong ottirardi. I. Rahim, Chin muhabbat
Erta tong yoki tong sahar
Tong otdi
-
Tong otdi. Tepaliklarning qor bosgan oppoq choʻqqisi, oʻrmondagi daraxtlarning uchi qizardi. A. Qahhor, Oltin yulduz
tong soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tong (qotib) qolmoq
-
Ibodilla ertalab doʻkonni ochib, hujraga kirdi-yu, akasini koʻrib, tong qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Voqea ustiga kelgan Shirin bu holni koʻrib, tong qotib qolgan. S. Ayniy, Qullar
TONG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tong so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar