it
bilan ulashing
1. Uy-roʻzgʻorni qoʻriqlash, ov ovlash va shu kabilar maqsadlar uchun saqlanadigan toʻrt oyoqli sutemizuvchi uy hayvoni.
-
Koʻppak it. Ov iti.
-
Katta temir darvoza ostida choʻzilib yotgan xirsday it boshini koʻtarib irilladi. A. Qahhor, Boshsiz odam
2. Shu hayvonga nisbatlanuvchi haqoratni bildiradi.
-
Azizbek qarshisida qoʻl bogʻlab turgan darvoza begiga baqirdi: — Nega qarab turasan, darvoza ustiga chiq, kim ekan u it?! Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xalq tovushi tinimsiz guvullaydi: — Bu yoqqa chiq, itlar! Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Birovning manfaatlarini himoya qilib, boshqalarga zulm oʻtkazuvchi odam; malay.
-
Musulmonqulning iti boʻlmasa, oʻzimizdan mingboshi boʻlarlik odam qurib qoluvdimi, deyman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Keling, sherdargohning iti, tortinmang, yuqoriga oʻting. K. Yashin, Hamza
4. Muchal yil hisobida oʻn birinchi yil nomi; sak.
-
Uning yili it.
it soʻzi qatnashgan jumlalar:
It emgan
-
— Bu yoqqa kel, it emgan! — dedi mingboshi, qizil koʻzlarini ola-bula qilib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
It yili
Boshiga it kunini solmoq
-
Ular qishloqdagilarning boshiga it kunini solibdi: dehqonlarni qiynabdi, oʻldiribdi; paxta eksalaring — oʻldiramiz, deb doʻq uribdi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
Boʻynidan bogʻlangan it ovga yaramas
It azobi
-
Bilasanmi sen bu oʻzboshimchaliging bilan otangni it azobiga solishingni? K. Yashin, Hamza
-
[Hojar:] It azobida kechani kunduzga ulab mehnat qila-qila, endi yurt orasida sher qildim deganda, obroʻni toʻkib qoʻysam, qanday koʻrgilik! Hamza, Paranji sirlari
It boqmaydi
-
— Buvijon, buvijonga it boqmaydi-yu, ammo oʻz bilganini qiladi, — dedi kampir buvi Poʻlatjon akaga. Mirmuhsin, Umid
It tegdi yoki it teggan
-
Qay yuz bilan boqaman unga? Meni kechirarmikan? Kechirmas! Axir menga it teggan! S. Ahmad, Hukm
It hasratda
Itdan suyak qarz
Itining tuvagi oltindan
Itning keyingi oyogʻi
-
biror hunar-punar oʻrgansin. Yoʻqsa itning keyingi oyogʻi boʻlib qoladi. E. Raimov, Ajab qishloq
Ichini it tatalamoq (yoki tirnamoq, kemirmoq)
-
Shu vaqtgacha shoirning hayoti uchun qoʻrqib, ichini it tirnayotgan vazir yengil nafas olib, javob oʻrniga bosh egib qoʻydi. M. Osim, Zulmat ichra nur
-
Choy ichayotibman-u, xavotirdan ichimni it tatalayapti. H. Nazir, Yonar daryo
-
Biroq ichimni it kemiryapti. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Kambagʻalni tuyaning ustida ham it qopadi
IT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
it so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar