isyon
bilan ulashing
1. Sinfiy, milliy, huquqiy manfaatlarni himoya qilib koʻtariladigan qoʻzgʻolon; gʻalayon.
-
Bu [isyon] — ulugʻ xalq isyoni, bu — asrlardan buyon davom etgan jabrga, qullikka qarshi mustamlaka kambagʻallarining qoʻzgʻoloni, dahshatli zarbasi edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Qarshilik, norozilik bilan qoʻzgʻaluvchi, tugʻyon uruvchi his-tuygʻu.
-
Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon boʻlishi kerak. Gazetadan
-
Zulm, taxtga qarshi isyon Sharq koʻksida toʻlib toshdi. Gʻayratiy
-
yuragida yigʻilgan hamma dard-u sitamlari, hamma alam, hamma isyonlarini toʻksa arziydigan qasosli onlar keldi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
isyon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Isyon qilmoq (yoki koʻtarmoq)
-
Zulmga qarshi isyon qilmoq (koʻtarmoq).
-
Ming-ming odam isyon koʻtaradi, hukumat oldiga choʻqmordan tortib bolta-teshasigacha koʻtarib keladi. J. Sharipov, Xorazm
-
Lekin hamishalik rahnamo qalbim Ne uchun dafʼatan koʻtardi isyon. E. Vohidov, Sadoqatnoma
ISYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isyon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar