qobiliyat
bilan ulashing
1. Bilim, koʻnikma, malakalardan farqli oʻlaroq, shaxs-ning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subyektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari.
-
Samandar oʻzini idora etish qobiliyatidan tamoman mahrum boʻlgan edi. S. Karomatov, Qalbingda quyosh
2. Isteʼdod, talant.
-
Gʻafur Gʻulomning bu qadar hozirjavobligi, qobiliyatining siri nimada edi? Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Arabboy yomon oʻqigani bilan yaxshi tashkilotchi, katta mansablarga loyiq qobiliyati bor. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Umuman, layoqat, qodirlik, qudrat.
-
Boshqarish qobiliyati. Mudofaa qobiliyati.
-
Vodorod bizga maʼlum boʻlgan tabiiy yoqilgʻilar orasida rekord issiqlik berish qobiliyatiga ega. Gazetadan
QOBILIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОБИЛИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qobiliyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar