qobiq
bilan ulashing
1. Poʻst, poʻstloq; poʻchoq.
-
Daraxt qobigʻi. Chigit qobigʻi.
2. Narsalarning ustini qoplab, oʻrab olgan qattiq ustki qatlami yoki poʻst.
-
Yer qobigʻi. Dirijabl qobigʻi.
3. koʻchma Oʻrab, pardalab turuvchi, cheklab qoʻyuvchi narsa.
-
Ulfat bilan suhbatlashsangiz, uning oʻz mutaxassisligi qobigʻiga oʻralib qolmay, bilim doirasini kengaytirib borishga intilayotganligini koʻrib tan berasiz. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Hanifa orzu-havasi, oʻy-xayoli faqat oila qobigʻi bilangina chegaralangan uy xotini boʻlib oʻtirib qolgan. S. Anorboyev, Mehr
-
U oʻz nutqini subyektiv qobiqqa oʻraydi. Gazetadan
qobiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
(Oʻz) qobigʻiga oʻralmoq
QOBIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОБИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qobiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar