qoida
bilan ulashing
1. Turli hodisalar oʻrtasidagi bogʻlanish va munosabatlarni ifodalovchi, maʼlum sistema, amal va shu kabilarning asosini tashkil etuvchi tartib; qonun.
-
Soʻz yasash qoidalari. Ildiz chiqarish qoidasi (matematika).
2. Biror ish-harakat, amalning qanday bajarilishi haqidagi rasmiy koʻrsatma, yoʻl-yoʻriq yoki umum tomonidan qabul qilingan tartibot.
-
Agrotexnika qoidalari. Yoʻl qoidalari. Gigiyena qoidalari. Koʻcha harakati qoidalari.
-
Komandir rotani butun qoidaga muvofiq tartib bilan yoʻlga soldi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Mashhur artist katta banketlarda koʻp boʻlgan, mehmondorchilik qoidalarini yaxshi bilardi. S. Ahmad, Yulduz
3. Rasm, odat.
-
Qadimdan qolgan qoida.
-
Qamishkapaliklar odamlarni biror xususiyatlari bilan taʼriflashni afzal koʻradilar. Shu qoidaga muvofiq, kulrang-koʻkish koʻzli eshonni hamma katta-kichik Zagʻchakoʻz domla deb atardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mulla Obid, boshqa oʻzbek dehqonlarimiz qoidasi boʻyicha, mehmonlarga oʻz qoʻllari bilan pishib yetishtirgan narsalardan uzib olish taklifida boʻldi. A. Qodiriy, Obid ketmon
QOIDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОИДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoida so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar