qol
bilan ulashing
1. Boshqa joyga ketmay, bor-may, jilmay, qoʻzgʻalmay, oʻz joyida bul-mox; joyini tark etmaslik.
-
Uyida qolmoq. Kutubxonada qoldi. Biz bu yil ham qishloqda qoldik.
-
Otamlar bu yerda qolmoqchilar, sardoba qurishni oʻylayaptilar Mirmuhsin, Meʼmor
-
Majlis boʻlgan joyda oʻsha gapirgan odam-u yana bir necha kishi qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Bor, mavjud holatda boʻlmoq; bor (inkor shaklida yoʻq holatni, yoʻq ekanlikni bildiradi).
-
Yonimda yuz soʻm qoldi. Uyda koʻk choy qolmabdi. Ot agʻanagan yerda jun qolar. Maqol
-
Kelgusi asrga ikki qadam-gina yoʻl qoldi. S. Ahmad, Yulduz
-
Qoʻqondan boshimni olib chiqib ketishdan boshqa choram qolmagan mening, aka! K. Yashin, Hamza
3. Biror holat, vaziyat, makon (joy) va shu kabilarda mavjud boʻlmoq
-
Yolgʻiz qolmoq. Jim qolmoq. Vijdon azobida qolmoq. Och qolmoq. Ish chala qoldi. Qurshovda qolmoq.
-
Fashistlarning oʻq, xanjari-la Talay yoshlar qoldi bepadar. Gʻayratiy
-
Sodiq jiyanim, basharangmi, doʻlda qolgan tappimi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Ishlatish, foydalanish va shu kabilardan xoli boʻlib saqlanmoq, ortmoq; shu tariqa keyingilar ixtiyoriga oʻtmoq, meros boʻlmoq.
-
Bu imorat otangizdan qolgan boʻlsa kerak? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bir parcha yer hammadan qoladi, oʻgʻlim. Hech kim qabriga orqalab ketmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ota-bobolardan qolgan udum bu, qizim. K. Yashin, Hamza
5. Daxl etolmaslik, yetisholmaslik, erisholmaslik.
-
Oʻzimam qiziqman-da, shu yomgʻirdan qoʻrqib, maktabdan qolib oʻtirsam. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Eldan qolguncha erdan qolgan yaxshiroq, deb shuni aytsa kerak-da. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Issiq, yumshoq paxta qoplar, aravaning beshik singari tebranishi kecha uyqudan qolgan Gʻulomjonni elitdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. Barham topmoq, yoʻq boʻlmoq.
-
Shoʻxliklari qoldi. Avvalgi yoʻtalishlari qoldi. Ishonch qolmadi. Sabr-toqat qolmadi. Yurishga madori qolmadi.
-
Surmaxon, palapartishligingiz sira ham qolmadi, qolmadi-da! B. Rahmonov, Yurak sirlari
7. Masofa, vaqt nuqtayi nazarida boʻlmoq, bor boʻlmoq.
-
Shaharga yana oʻttiz kilometr (yoʻl) qoldi. Poyezd joʻnashiga bir soat qoldi.
8. Saqlanmoq, omon qutulmoq.
-
Yuz oʻlimdan qolganman.
-
Oʻgʻrilardan bittasi tutildi qolganlari ham ushlanur, deb oʻylayman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
9. Ish-faoliyat, foydalanish imkoniyatidan mahrum boʻlmoq.
-
Mariyamning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Quloqdan ham qolganmisiz? Ilhom akamning ham daraklari yoʻq, deyapman! B. Rahmonov, Yurak sirlari
-
Ilgari katta naychi boʻlgan, keyin koʻzdan qolib, uyga qamalgan hamqishlogʻidan ham bir oz taʼlim olgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
10. Duchor boʻlmoq, giriftor boʻlmoq, yoʻliqmoq.
-
Baloga qolmoq. Malomatga qolmoq. Tuhmatga qolmoq. Tashvishga qolmoq.
-
U ham kishilar oldida bu baxtsiz qizining taʼnasiga qolmasin. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Endi senlarning kasofatlaringga men qolamanmi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
[ Surmaxon:] Shu kunga qolishimga siz sababchi boʻldingiz, oyi. B. Rahmonov, Yurak sirlari
11. Biror narsadan benasib, bebahra qolmoq.
-
Toʻydan qolmoq. Foydadan qolmoq.
-
Bir yakshanba kuni Ahmadjon oshxonaga dejur boʻlib, uyqudan qoldi. A. Qahhor, Oltin yulduz
12. (oʻrin-payt kelishigi bilan) Biror hodisaning bevosita taʼsirida boʻlmoq.
-
Yomgʻirda qolmoq. Oftobda qolmoq. Sovuqda qolmoq.
13. Belgilangan vaqtdan keyinga surilmoq, kechiktirilmoq, boshqa muhlatga koʻchirilmoq.
-
Majlis qoldi. Toʻy kelasi oyga qoldi. Qolgan ishga qor yogʻar. Maqol
-
Damba masalasi keyinga qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Yusufbek hoji:] Oʻttiz ikki tangadan soliq yigʻ, emish Bir haftadan keyinga qolmasin, emish. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
14. so‘zlashuv tili Yutqizmoq, magʻlubiyatga uchramoq (oʻyinda).
-
U mendan besh marta qoldi.
15. Bogʻli boʻlmoq, qarab turmoq (biror ish, masala va shu kabilar haqida).
-
Hamma ish menda qoldi. Ish pulga qarab qoldi.
-
[Hoji xoda:] Hamma gap oʻzingizda qolgan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
16. Harakat nomiga qoʻshilib, shu ishni bajarish lozimligini, shunday vazifa, majburiyat borligini bildiradi.
-
Osh pishdi, faqat uni suzish qoldi.
-
Endi., farmonni xalqqa tushuntirish, uning kerakligini, foydasini uqtirish qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
qol soʻzi qatnashgan jumlalar:
-ga qolganda
-
Nega har narsaga yetgan aqling shunga qolganda oqsaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Koʻngli qolmoq
Laʼnat tagida qolmoq
Menga (yoki senga, unga va shu kabilar) qolsa
-
Senga qolsa, xudoni ham yoʻq deysan. A. Qahhor, Yangi yer
-
Oppoq oyingga qolsa, Kumush opangni ham birga olib ketmoqchi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Oramizda (yoki oʻrtamizda) qolsin
-
Yaxshi hamki bu gap oʻz oʻrtalaringizda qolib ketdi. B. Rahmonov, Yurak sirlari
Orqada qolmoq
-
Bular gap bilan boʻlib, xiyla orqada qolib ketishdi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Shunday qilib, boʻron bilan kelgan qiyinchiliklar or-qada qolib ketdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
U mendan uch sinf orqada qoldi. Orqada qolgan mamlakat;
-
Soatim uch minut orqada qolibdi;
-
Bolalarim, iloyo orqamda qolinglar
Pulning (yoki foydaning) tagida qolmoq
Qola bersa
-
Avvali xudo, qola bersa, men uni uylantirib qoʻydim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Quruq qolmoq
QOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar