qolip
bilan ulashing
1. Tikiladigan poyabzalning ichiga qoʻyiladigan va uning katta-kichikligini, shaklini belgilaydigan moslama.
-
Yogʻoch qolip. Qirqinchi qolip. Etikni qolipga tortmoq.
-
Uning katta boshi-da xuddi qolipga tortilgan mahsiday tarang turgan chust doʻppisi ham bor edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Amaliy sanʼatda: bezak naqshni qoʻyib (tortib), bosib yasash uchun ishlatiladigan maxsus shakldagi moslama; andaza.
3. maxs. Quyma detal yoki mahsulotga shakl beradigan moslama.
-
Gʻisht qolipi. Sovun qolipi. Qozon qolipi. Qolipga detal quymoq.
-
Ayvonda sovungarning qolipiday qotib qolgan oʻrtoq Mehmonov bu soʻzlarni eshitar ekan, qoʻlini paxsa qilib, xotiniga oʻkira ketdi. S. Abdulla, Obroʻyim toʻkiladi
4. koʻchma Andaza, shablon.
-
Bir qolipdagi gap. Bir qolipda qurilgan imoratlar.
-
Ochigʻini aytsam, ularni bir qolipda ishlashdan chekinishga majbur qilishgacha borib yetdik. Gazetadan
5. koʻchma Had, chegara, meʼyor.
-
Sinfda bordir bir xil Erkatoy, haddan oshgan, Shoʻxligi suyuqlashib, Qolipdan oshib-toshgan. H. Nazir
-
Odam taqdirini hal qilish uchun sizning qolipdan chiqqan savolingiz torlik qiladi. A. Muxtor, Tugʻilish
qolip soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻisht qolip(i)dan koʻchdi
QOLIP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЛИП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qolip so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar