qoloq
bilan ulashing
1. Taraqqiyot pogʻonasining quyi bosqichida boʻlgan, taraqqiyot jihatidan orqada qolgan, unchalik taraqqiy qilmagan.
-
Qoloq mamlakat.
2. Dunyoqarashi, ong-tushunchasi past boʻlgan; yetuk emas.
-
Uzlarini din va shariat muxlisi deb atab, ayrim qoloq kishilarni aldab, shilib yurgan betavfiqlardan nima kutish mumkin?! Mushtum
-
Afgʻonistonning qoloq odamlarini oʻta sodda, koʻchmanchilarni esa yarim badaviy deydiganlar xato qiladi. Mirmuhsin, Chodrali ayol
3. Hozirgi zamon talabiga javob berolmaydigan, isteʼmoldan chiqqan; eski.
-
Qoloq usul. Qoloq texnologiya.
4. Ishda, ishlab chiqarish rejalarini bajarishda, moddiy-texnika bazasining rivojlanishi va shu kabilarda boshqalardan orqada boʻlgan.
-
Qoloq xoʻjalik. Qoloqdan choʻloq yaxshi. Maqol
-
Bizda musobaqa qoloqlarga koʻmaklashish yoʻli bilan umumiy yuksalishga erishishga asoslangandir. Gazetadan
5. Darslarni oʻzlashtira olmay, boshqalardan orqada qolgan, yomon oʻqiydigan, ulgurmovchi.
-
Qoloq oʻquvchi.
QOLOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar