qoldiq
bilan ulashing
1. Narsalarning ortib yoki saqlanib qolgan qismi.
-
Buzilgan shahar qoldiqlari. Papiros qoldigʻi.
-
Dushman qoldiqlari qarshilik koʻrsatishni davom ettira berdilar. N. Safarov, Komissar Qoraboyev
2. Chiqit, chiqindi.
-
Neft qoldiqlari. Qoldiqlardan tikilgan koʻylakcha.
-
Chuvalchang, asosan, oʻsimlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Fan va turmush
3. Yoʻqolib ketgan yoki oʻtgan, oʻlib borayotgan voqea-hodisa va shu kabilardan qolgan nishona, asorat.
-
Boʻgʻma ilonda teri ostida salgina boʻrtib turadigan orqa oyoq qoldiqlari boʻladi. Zoologiya
4. koʻchma Eskidan qolgan dunyoqarash, rasm-rusum, urf-odat va shu kabilar; sarqit.
-
Feodalizm qoldiqlari.
-
Yillar davomida u [Yusufjon] bugungi avlodning yashashiga toʻsqinlik qilayotgan oʻtmish qoldiqlarini kulgi bilan fosh etadi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
5. mat. Boʻluv amalida ortib qolgan son, miqdor.
-
5 ga qoldiqsiz boʻlinadigan son.
6. Buxgalteriya hisobida muayyan davr uchun pul tushumlari va xarajatlar oʻrtasidagi ayirma.
-
Korxona kassasidagi naqd pullar qoldigʻi.
QOLDIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЛДИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoldiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar