kengay
bilan ulashing
1. Ichi yoki sathi kattalashmoq; keng boʻlmoq.
-
Koʻcha kengaydi. Uy kengaydi. Paxta maydoni kengaydi.
-
Uning gapi ogʻzida qoldi, koʻzlari xiyol kengayib, nim ochiq labi titradi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Oʻpqon borgan sari kengayib borardi. E. Raimov, Ajab qishloq
2. Qamrov doirasi ortmoq, kattalashmoq.
-
Ish koʻlami kengaymoq.
-
Tibbiyot muassasalari tarmogʻi yil sayin kengayib, zamonaviy texnika bilan tobora yaxshiroq jihozlanmoqda. Gazetadan
-
Jinoyatchilar guruhining safi kengayib borardi. Mushtum
KENGAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕНГАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kengay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar