bostirma
bilan ulashing
Toʻrt tomoni yoki ikki yoni va old tomoni ochiq, usti yengilgina yopilgan qurilma, (usti yopiq uzun) yoʻlak.
-
Bostirma solmoq. Yomondan hayvon yaxshi, Bostirmadan — ayvon. Maqol
-
Yoʻlakning oʻng tomonidagi bostirmada qovurgʻasi sanalib qolgan targʻil sigir bilan shalpangquloq buzoq. Yoshlik
-
Har zamonda hovlining narigi burchagidagi bostirmadan qoʻy-mollarning maʼragan ovozlari quloqqa chalinadi. Yoshlik
-
Dadam egardan inqillab tushib, otni bostirma ustuniga bogʻladi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Shoyista bostirmadan oʻtib, keng-moʻl supaga chiqdi. N. Qilichev, Yorongul
Taomni ustidan mahkam bekitib, biror ogʻir narsa bostirib qoʻyib pishirish usuli va shunday usulda pishirilgan taom.
-
Bostirma kabob.
-
Bostirma kabob uchun qoʻy yoki buzoq goʻshtining son yoki biqin qismlaridan olasiz. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
Fargʻona, Margʻilon taraflarda goʻja oshi, bostirma kabob va shu kabi taomlar mashhurdir. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
BOSTIRMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСТИРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bostirma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar