bostiriq
bilan ulashing
Ovqat, dori va shu kabilar ustidan isteʼmol qilinadigan boshqa ovqat yoki ichimlik.
-
— Bostiriqqa mana buni ichib yubor, boʻtam, — dedi bosh yilqichi, Sokolovga qimiz tutib. K. Yashin, Hamza
-
Keyin bir hoʻplam choyni bostiriq qilib ichdi-yu, Bolta deb kimnidir chaqirdi. K. Yashin, Hamza
1. Yaydoq ot ustiga yopib qoʻyiladigan qalin mato.
-
Boyning oʻttiz besh bolorli keng say *onasi egarlari olinib, bostiriq bilan yot, xoʻrakka qoʻyilgan otlar bilan toʻla edi. S. Ayniy, Qullar
-
Bedov otning bostirigʻi gullidir. Ot ustida oʻtirishi ballidir. Qoʻshiqlar
2. Kiyim-kechak choki ustidan yana bir bor bostirib tikish, bostirma chok.
-
Bostiriq qilib tikmoq.
BOSTIRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСТИРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bostiriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar