bosqon
bilan ulashing
Temirchilarning katta, ogʻir bolgʻasi.
-
Bir yil oʻtgach, olov yonida turib, bosqon bilan qizigan temirni ura boshladi. M. Osim, Oʻtror
-
— Yuragim temirchining bosqonidek gursillab urardi,— dedi Mehri opa. A. Eshonov, Dutor
-
Hech qanday tigʻ, hech qanday bosqon, hech qanday qurol inson saxovatining qudratiga teng kela olmay-di. Gazetadan
Chilangarlar koʻrasidagi koʻraga havo haydovchi va koʻmirning yonishini kuchaytirishga xizmat qiluvchi qurilma.
-
Bosqon bosmoq. Bosqon tortmoq.
-
Miskarning yonida oʻtirib, terlaganiga ham qaramay bosqon tortayotgan jamalak sochli olti yashar qiz — Al-Mahdiyning yetim nabirasi. Mirmuhsin, Hikoya va qissalar
-
Ustaxonada oʻzi bilan katta oʻgʻli Boltaboy ishlar, bosqon bosardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Saidning koʻz oʻngidan yoshligida qishlogʻiga kelgan miskarlar, ularning bosqoni va shu bosqonning dami bilan yaltillagan bir hovuch olov oʻtdi. Y. Muqimov, Olov va nihollar
BOSQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bosqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar