bosqich
bilan ulashing
1. Zinaning yoki narvonning har bir pogʻonasi.
-
Madrasa ichiga bormay, oʻsha yerda bir tosh bosqichga otam qadam bosdi. S. Ayniy, Esdaliklar
2. Koʻchma Oʻzaro bogʻlangan quyi va yuqori idora, muassasa, tashkilot va shu kabilarning har bir pogʻonasi, halqasi.
3. koʻchma Daraja, razryad.
4. koʻchma Tarixiy, madaniy-maʼnaviy, iqtisodiy taraqqiyot, rivojlanishning belgili bir pogʻonasi; davr, palla.
-
Biron-bir bosqich oʻrtasida turgan xalq orasida avvalgi bosqich kishilari koʻrinib qolsa, bunga tabiiy bir hol deb qarash kerak, degan fikrni aytdim. Guldasta
-
Odamlar fan-texnikani inson koʻzi koʻrmagan, qulogʻi eshitmagan bosqichlarga olib chiqdilar. N. Safarov, Olovli izlar
-
Haqiqatan ham Navoiy forsiy devoni bilan Jomiydan soʻng fors-tojik adabiyotini yangi bir bosqichga koʻtardi. OʻTA
-
Maʼnaviy kamolot bosqichlari ichida xushmuomalalik, shirinsuxanlik asosiy oʻrinni egallaydi. Saodat
5. Biror yaxlit ish-harakatni amalga oshirishning ayrim-ayrim davrlari haqida.
-
Bosh planga koʻra, Qarshi dashtini oʻzlash-tirish uch bosqichda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Respublikamiz mehnatkashlari paxta yigʻim-terimida hal qiluvchi bosqichga kirdilar. Gazetadan
-
Rekonstruksiyaning birinchi bosqichi nihoyasiga yetganligi natijasida samolyotlarning uchish xavfsizligi ancha oshdi. Gazetadan
6. biol. tib. Biologik rivojlanish pogʻonasi, davri.
-
Abduraimovdan turli bosqichlarda sholiga qanday ishlov berishni oʻrganishdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Ular [olimlar] mediklar bilan birga odamdagi turli kasalliklarni erta bosqichlarda topishning diagnostik modeli va programmasini ishlab chiqdilar. Gazetadan
bosqich soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birinchi bosqich sud
Birinchi bosqich maktab
BOSQICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСҚИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BOSQICH so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BOSQICH so‘ziga berilgan ma’nolar
bosqich so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
bosqich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar