bosqinchi
bilan ulashing
1. Zoʻrlik bilan bostirib kelib talovchi qurolli oʻgʻri, bandit.
-
Bu oʻsha — Yusufbek, xotinini oʻgʻirlab ketgan bosqinchi. X. Ahrorova, Orifning davlati
-
Qadimda Urgut qishloqlariga bosqinchilar tez-tez hujum qilar ekan. Saodat
-
Bosqinchi soʻzining maʼnosi shulki, Nonga toʻyganda ham, toʻymas makonga. A. Oripov
2. Oʻzga yurtni, elni bosib oluvchi; tajovuzkor, agressor.
-
Bosqinchilar yurtimizdan chiqib ketmaguncha, biz undan oʻch olamiz. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Bosqinchilar shaharga kira olmabdi, lekin qamalni uzoq davom ettiribdi. Fan va turmush
-
Erkinlik jazmida xalqning barisi Bosqinchi lashkarga qilardi hamla. M. Shayxzoda
-
Yurtni bosqinchilardan himoya qilish — hammaning ishi. Mirmuhsin, Meʼmor
BOSQINCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСҚИНЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bosqinchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar