bosiriq
bilan ulashing
1. Yomon tush, dahshatli tush.
-
Urushda kechirganlari qora bosiriqday, baʼzan xotiradan oʻtajak. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
birdan parishon xayollar quyunidan, ogʻir bosiriqdan qutulganday qichqirdi Ahmad Husayn. Oybek, Nur qidirib
2. koʻchma Dahshat, xavf, qoʻrqinch.
-
qayoqqa koʻz yuritsang, uchiga chiqqan qashshoqlikning, zabunlikning bosirigʻi xuddi chuqur oʻpqonday yutaman deb turibdi. Sharq yulduzi
3. sheva Yopiq, ot yopigʻi.
-
Miroxoʻr yuganlab Gʻirotni, bosiriq julini shipirib tortdi. Nigor va Zamon
1. sheva, aynan Bosim II.
2. Bosilgan, toptalgan, ezilgan, yanchilgan.
-
Nari tur-beri tur qilib, besh-olti kishi otga bosiriq boʻlganni oʻrtadan olib chiqdilar. A. Qodiriy, Uloqda
-
Qushbegi bilan men goʻyo togʻ ostida bosiriq boʻlgan edik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BOSIRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСИРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bosiriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar