bostir
bilan ulashing
1. Bosmoq 1-5, 7, 9-12, 16-17, 23-25 feʼllarining orttirma nisbati.
-
Hujjatga muhr bostirmoq. Qoʻlyozmani mashinkada bostirmoq. Ariqlarning chetiga chim bostirmoq.
-
Koʻklam kelib, Oltinoy yerni bir oz yumshatib, pol oldiribdi, donni sepib, suv bostiribdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Oshning sabzi-piyozini bostirib qoʻydi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Maxsumov qoʻy soʻyib, goʻshtini tovoqlarga bostirib, shoʻrvasini kattakon ter-mosga solib keldi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Choponimga oʻranib, qalpogʻimni bostirib oldim. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar
2. Zoʻrlik bilan boʻysundirmoq, tor-mor qilmoq; tinchlik oʻrnatmoq.
-
Xon qurolsiz xalqning qonini toʻkib, zoʻrlik bilan isyonni bostirdi. J. Sharipov, Xorazm
3. Ustidan ogʻir narsa bilan bosib qoʻymoq.
-
Doʻppi yelimlangandan keyin, taxti yaxshi chiqsin deb, uni taxtakachga bostirib qoʻyadi, toʻgʻrimi? Shukrullo, Saylanma
-
Sochlarini naridan-beri oʻrab, qalpoq bilan bostirdi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Qayirib tikmoq.
-
Dasturxonning chetini bostirmoq.
bostir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bostirib kelmoq
-
Zarifboy otini niqtab, Avazning ustiga bostirib keldi. S. Siyoyev, Avaz
-
U boyvachchaning ustiga bostirib keldi-da, boltani koʻtardi. K. Yashin, Hamza
-
Nega uyga bostirib kelasiz?! Keting Yoshlik
Bostirib kirmoq
-
Ey, qandaqa xotin bu, birovning uyiga bostirib kiradi? A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Olomon yoniga qipchoq sipohilari kelib qoʻshilgandan keyin, Oʻrdaga bostirib kirdilar-da, Azizbekni ushlab ham oldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
ichkariga moʻr-malaxdek bir necha sallali yigit bostirib kirdi. Yoshlik
-
Ayqash-uyqash qoʻrqinchli oʻylar miyasiga bostirib kiraverdi. A. Koʻchimov, Halqa
Bostirib bormoq
-
Biz hech kimning yeriga bostirib bormadik. Yoshlik
-
— Men hali gʻalaba qozonib, dushman ustiga bostirib borishni istayman, — dedi Nizomiddin. Mirmuhsin, Meʼmor
BOSTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BOSTIR so‘ziga berilgan ma’nolar
bostir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
bostir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar