laʼnat
bilan ulashing
1. Kechirib boʻlmaydigan aybi, xatti-harakati, ogʻir jinoyati uchun bildirilgan qattiq qargʻish, shunday mazmunda aytilgan gap-soʻzlar.
-
Rahmat olgan omondir, Laʼnat olgan yomondir. Maqol
-
— Boʻlar ish boʻldi, meni qimorboz nikohlab olgan edi. Otam el laʼnatidan, yurt nadomatidan koʻchaga chiqolmay qoldi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Qattiq gʻazab va nafratli qargʻashni ifodalaydi.
-
Senga ham ming laʼnat, gʻar xotin! S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Xarob oʻl, ey zolim, baxtingga laʼnat! Zulm shohi, razil taxtingga laʼnat! Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
laʼnat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Laʼnat aytmoq (yoki oʻqimoq)
-
Ammo men oʻtmishga laʼnatlar oʻqidim. U. Ismoilov, Saylanma
LAʼNAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАЪНАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
laʼnat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar