lanj
bilan ulashing
1. Tobi aynigan, boʻshashgan; lohas.
-
Lanj boʻlmoq. Lanj qilmoq (etmoq).
-
Oʻzimni lanj sezdim.
-
Mingboshining mayi meni ancha lanj qildi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
-
Tumov, gripp bilan ogʻriganda, umuman, kishi oʻzini lanj sezsa, odatan, qoqirim isteʼmol etiladi. Gazetadan
2. Ortiq dam yeb, tobidan oʻtgan yoki suvi koʻpligidan uzoq qaynab boʻshashgan; dami oʻtgan, boʻsh.
-
Qayoqda qoldinglar? Osh lanj boʻlib ketdi-ku. S. Ahmad, Hukm
3. koʻchma Aniq va qatʼiy fikr bildira olmaydigan; fikridan qaytib, aynib turadigan; mijgʻov.
-
U oʻzi lanj odam edi.
-
Brigadirning oʻzi hamon lanj-u, brigada aʼzolari vijdon azobida. N. Safarov, Mardlar maydonda
-
[Mulladoʻst:] Tayyor oshga bakovul boʻlmay oʻl! Pok boʻlmasa, buzib qoʻyuvding-ku, lanj. Hamza, Maysaraning ishi
4. koʻchma Na u yoqdi emas, na bu yoqdi emas; noaniq, mujmal.
-
Lanj javob. Lanj havo.
-
— Oʻqishlarini tamomlashaversin-chi, bir gap boʻlar, — deb lanjroq javob qaytargan edi Toʻlamat. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Hasanov oʻzingiz bilasiz, degandek lanjroq gap qildi. I. Rahim, Ixlos
LANJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАНЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lanj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar