hikmat
bilan ulashing
1. Aql-zakovat, donolik va uning ifodasi boʻlgan, uni aks ettiruvchi narsa — gap-soʻz, fikr va shu kabilar; donolik belgisi.
-
Oz yemoq — tani sogʻliq, Oz demak — hikmatga bogʻliq. Maqol
-
Nodonning kulfati koʻp, Dononing —
-
hikmati. Maqol
-
Bobolarning hikmati Hayotga yorugʻ yoʻldir: Otang bolasi boʻlma, Odam bolasi boʻl, der. E. Vohidov
-
Podshoh bilan sherga yaqin boʻlmoq hikmatdan emasdir. Ertaklar
-
Kurashmoq — oʻrnak boʻlib yashamoq demakdir! — degan edi mualliming, faylasuflarning hikmatini bayon qilib. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Harakatda barakat —
-
koʻp qadim hikmat M. Shayxzoda
2. Tagini anglash qiyin boʻlgan, yashirin bir maʼno, yashirin bir sabab; sir.
-
Bu oynada qanday hikmatni koʻrding? Jonim bolam, sening holing na boʻldi? Bahrom va Gulandom
-
Oldingga kelgan yigit ketolmaydi, sizlarda biror hikmat bor ekan-da. Oq olma, qizil olma
-
Bektemir generallarni urushning butun hikmatini biladigan bagʻoyat hurmatli aziz odamlar deb tushunardi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Bulbul sayraydi, xoʻroz qichqiradi, eshak hangraydi, ot kishnaydi. Bularning tirikchiligi shu-da. Bunda nima hikmat bor deysiz? P. Tursun, Oʻqituvchi
3. kam qoʻll. Foydali tomon; naf, foyda (ish, harakat haqida).
-
Rahmat Otabekka kulimsirab qaradi-da, togʻasiga javob berdi. — Xotin koʻpaytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati boʻlsin? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Toʻgʻri, sholikorlikda hikmat koʻp boʻladi. Sh. Gʻulomov, Tashabbus
4. Hikmati bor narsa, hikmat bildiruvchi fikr, gap.
-
Qurib ketmang! Qoʻchqor yogʻi yeb, endi bir hikmat koʻrsatmoqchimidilar! M. Boboyev, Goʻzallik istab
-
Qori, xuddi favqulodda bir hikmat eshitganday, ogʻzini va koʻzlarini katta ochib, Toʻpanisoga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yosh xotin qari erkakni yashartiradi, degan gaplar bor; qariganda uylanadigan erkaklar ana shu hikmatga amal qilar emish Choʻlpon, Kecha va kunduz
5. eskirgan, aynan Fizika.
-
— Ha, hikmat kesakdan alanga chiqargandek, siz ham kitobdan olgan bilimlaringizni turmush maktabida sinov-dan oʻtkazing, — dedi qiz. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
6. Hikmat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
hikmat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ilmi hikmat
-
Madrasa — diniy maktab. Lekin riyoziyot, ilmi hikmat, handasa, kimyo degan darslar ham oʻtiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
HIKMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИКМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hikmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan HIKMAT so‘ziga berilgan ma’nolar
hikmat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar