hikoya
bilan ulashing
1. Kimsa, narsa va u bilan bogʻliq voqea-hodisalarning ogʻzaki tafsiliy bayoni.
-
Mulla Fazliddin yosh Boburga Navoiy haqida juda koʻp ajoyib hikoyalar aytib bergan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Gʻoyib endi studentlikning oltin davri haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Chol boshlar umrining hikoyasini, Bir-bir soʻylab chiqar bor-barchasini. H. Olimjon
2. Epik turga mansub kichik hajmli janr; shu janrda yozilgan asar (syujet va kompozitsiyaning nisbatan soddaligi, bayonning bir shaxs tomonidan olib borilishi bilan roman va povestdan farqlanadi; asosan nasriy ifodaga ega boʻladi).
-
Hikoya yozmoq. Abdulla Qahhorning hikoyalari. Hikoyalar toʻplami.
-
Yozuvchilarimizdan Saida Zunnunova, Rahmat Fayziy oila masalasida anchagina hikoya yozishgan. Mushtum
hikoya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hikoya qilmoq
-
U yoʻl-yoʻlakay birtalay latifalar aytdi, oʻz sarguzashtlarini hikoya qildi. Gazetadan
HIKOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИКОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hikoya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan HIKOYA so‘ziga berilgan ma’nolar
hikoya so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar